Vadim Abramov «Navbahor» bilan oʻyin haqida: «Magʻlubiyat uchun kimnidir ayblamayman, butun jamoa notoʻgʻri oʻynadi»
«Dinamo» - «Navbahor» (1:2) oʻyinidan keyin dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
«Nima ham derdim, hamma oʻyinni koʻrdi – yomon boshlamadik, gol urdik, ammo himoyada xatolarga yoʻl qoʻydik. Raqibning ilk hujumiyoq darvozamizga belgilangan penalti bilan yakun topdi. Koʻp oʻtmay, yana oddiy holatda gol oʻtkazib yubordik. Bugun magʻlubiyat uchun faqat oʻzimiz aybdormiz, chunki notoʻgʻri oʻynadik. «Navbahor»ni gʻalaba bilan tabriklayman. Ochilish oʻyinidagi magʻlubiyat uchun muxlislardan uzr soʻraymiz. Barcha gʻalaba kutgandi. Ammo bu hali birinchi tur, hammasi oʻzimizning qoʻlimizda – umid qilamanki toʻgʻri reaksiya bildira olsak, hammasi yaxshi boʻladi.
- «Dinamo» oʻtgan yilgi tarkibi asosini deyarli saqlab qolgan, ammo oʻtgan yilgi oʻyindan hech narsa koʻrmadik...
- Toʻgʻri, fikringizga qoʻshilaman. Chunki notoʻgʻri oʻynadik. Hisobni tezkor gol bilan ochganimizdan keyin bu goʻyo yordam berishi kerak edi, ammo qisqa vaqtdagi xatolardan keyingi gollar jamoaga aks ta'sir qildi. Darhol nimadir deyish qiyin. Tahlil qilib, qaerda notoʻgʻri ishlaganimizni anglashimiz zarur. Chunki bungacha bugungidek oʻynamagandik. Bugun juda yomon oʻynadik.
Magʻlubiyat uchun kimnidir ayblamayman, butun jamoa notoʻgʻri oʻynadi. Mavsum boshida kutilmagan natijalar boʻlib turadi, 5-turdan keyin kim aslida qanday kuchga ega ekani haqida