Tartib-intizom qo‘mitasi qarori: “Dinamo" futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llandi
Joriy yilning 10-aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi hamda U21 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.
Dinamo – So‘g‘diyona
Superliga 6-turi doirasidagi
Dinamo – So‘g‘diyona uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra
Dinamo jamoasiga mavsum avvalida Liga tomonidan Ballkid, maydon mutaxassislari
va zanbil ko‘taruvchilar uchun maxsus nimchalar taqdim etilgan bo‘lsa-da,
Dinamo jamosi mezbonligida o‘tgan bahsda zanbil ko‘taruvchilarning maxsus
nimchalari bo‘lmagani tufayli ballkid – to‘p uzatib beruvchi bolalar zanbil
ko‘taruvchi sifatida maydonga chiqishgani, uchrashuv komissariga zanbil
ko‘taruvchilarning maxsus nimchalari yo‘qolgani aytilgani aniqlandi.
Qaror: O‘zbekiston
Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan
Dinamo futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.
Superliga 6-turi doirasidagi
Dinamo – So‘g‘diyona uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra
uchrashuvning 90+2-daqiqasida Dinamo futbol klubi futbolchisi Jaloliddin
Jumaboyev o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka
ko‘rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O‘zbekiston
Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan
Dinamo futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Jumaboyevga nisbatan jarima
intizomiy jazosi qo‘llansin, - deyiladi UzPFL
rasmiy xabarida.